Jurnalistlar Apple maxfiy fabrikasi xodimlari maoshini aniqlashdi

  • 26 aprel 2016, 15:36
  • 4 017
  • Texnologiya
  • Jurnalistlar Apple maxfiy fabrikasi xodimlari maoshini aniqlashdi

    Bloomberg agentligi jurnalistlari Apple’ning Xitoydagi maxfiy fabrikalaridan biriga tashrif buyurishgan, deb ma’lum qilmoqda "KUN" nashri.

    Shanxayning chekka hududida joylashgan fabrika bo‘ylab o‘tkazilgan ekskursiya davomida jurnalistlar xodimlarning mehnat sharoiti bilan tanishgan. Yig‘ish sexi hududiga kirishdan avval har bir xodim fotokamerali moslamalar bor-yo‘qligi aniqlanadigan sinchkov nazoratdan o‘tadi. Mahalliy vaqt bilan soat 9-20da smena ishchilari to‘rt qatorga tizilib, yo‘qlama qilinadi va ish boshlanadi.

    Eng katta qiziqish ish sharoitlari bilan bog‘liq bo‘ldi. Aniqlanishicha, xodimlarda haftasiga qat’iy chegaralangan 60 ish soati bo‘lib, undan ortiq mehnat qila olishmaydi. Biroq ko‘p ishchilar iloji boricha ko‘proq ishlab olishga urinishadi. Shunday bo‘lsa ham chegaralangan muhlat nihoyasiga etgach, xodim ish joyiga kira olmaydi. Mehnat sharoiti nazoratiga maxsus ishlab chiqilgan kompyuter tizimi javob beradi.

    Zavod korpuslari 90ta futbol maydoniga teng hududni egallagan. Bu erda, shuningdek, xususiy o‘t o‘chirish xizmati, pochta, polisiya bo‘linmasi hamda ko‘plab ko‘ngilochar binolar mavjud.

    Jurnalistlar yig‘ish sexi xodimlarining o‘rtacha oyligini ham bilib olishgan. Maosh 4,2 ming yuandan ( taxminan 650 dollar) 5,5 ming yuangacha (850 dollar) miqdorda ekani aniqlangan. Xitoyda iPhone 6’ning o‘rtacha narxi 4,5 ming yuan (taxminan 700 dollar).

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Jurnalistlar Apple maxfiy fabrikasi xodimlari maoshini aniqlashdi