Bugungi HTC kompaniyasi o‘zining Vivo VR nomli garniturasi bilan virtual reallik bozoridagi eng muhim brendlardan hisoblanadi. Biroq, tan olib aytish kerak, ushbu soha mijozlar kutganidan ham ancha sekin sur’at rivojlanib bormoqda. Shuning uchun bo‘lsa kerak 2016 yil oktyabr oyi holatiga ko‘ra HTC jami 140 000 dona Vivo VR-garnituralari sotishga muvaffaq bo‘lgan, xolos. Virtual reallikka mo‘ljallangan materiallarni yaratish va ularni ko‘paytirish maqsadida HTC kompaniyasi Vive Studios nomli studiya ochishi haqida ma’lum qildi, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.
Virtuallik reallik yo‘nalishi bo‘yicha Tayvan kompaniyasining vise-prezidenti Joel Bretonning qayd etishicha, studiya tomonidan ishlab chiqiladigan kontentlar, avvalambor, 360 gradusli videolardan iborat bo‘ladi.
Vive Studios hozirda 2 Bears studiyasi bilan hamkorlikda Arcade Saga deb atalgan o‘zining birinchi mahsuloti ustida ishlashni boshlab yuborgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
Devid Kemeron: “Dunyo Rossiyaning Ukrainadagi urushidan saboq olmadi”
Apple yangi iPad Air va iPad Pro taqdimotini o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev urush faxriylarini ziyorat qildi
Fuqaro foydasiga 130 million so‘m undirildi