15:35 / 10.05.2024
107

The Ring: Naoya Inoue P4P reytingi yetakchisiga aylandi

The Ring: Naoya Inoue P4P reytingi yetakchisiga aylandi
The Ring Naoya Inoueni vazn toifasidan qat’iy nazar dunyoning eng yaxshi bokschisi deb tan oldi.

The Ring jurnali may oyidagi dunyoning eng yaxshi bokschilari reytingida vazn toifasidan qat’i nazar, yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoueni birinchi o‘ringa qo‘ydi. 6 may kuni yaponiyalik sportchi Lui Nerini nokautga uchratib, kamarlarini himoya qilgandi.

Ro‘yxatning ikkinchi o‘rnida yarim o‘rta vazn toifasida WBA, WBC va WBO yo‘nalishlari chempioni Terens Krouford joy oldi. Kuchli uchlikka IBS, WBA va WBO yo‘nalishlari bo‘yicha og‘ir vazn toifasi chempioni Aleksandr Usik yakun yasadi.

The Ring ma’lumotlariga ko‘ra to‘liq 10 talik quyidagicha ko‘rinish oldi:

1. Naoya Inoue, yengil vaznda mutlaq jahon chempioni;
2. Terens Krouford, WBA, WBC va WBO yo‘nalishlari bo‘yicha yarim o‘rta vazn toifasida chempion;
3. Aleksandr Usik, og‘ir vaznda IBF, WBA va WBO chempioni;
4. Saul Alvares, supero‘rta vazn toifasida jahonning so‘zsiz chempioni;
5. Yarim og‘ir vaznda IBF, WBC va WBO yo‘nalishlari chempioni Artur Beterbiyev;
6. Dmitriy Bivol, yengil vaznda WBA chempioni;
7. Errol Spens, yarim o‘rta vaznli bokschi;
8. Gervonta Devis, yengil vaznda WBA chempioni;
9. Jessi Rodriges, IBF va WBO chempioni;
10. Junto Nakatani, yengil vazn toifasida WBC chempioni.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » The Ring: Naoya Inoue P4P reytingi yetakchisiga aylandi