15:56 / 10.05.2024
210

Yerevanda minglab namoyishchilar Pashinyan iste’fosini talab qildi

Yerevanda minglab namoyishchilar Pashinyan iste’fosini talab qildi
Foto: Imago
Armaniston poytaxtidagi Respublika maydonida 9 may kuni bosh vazir iste’fosini talab qilib, yirik norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda tegishli manbalarga tayanib, Deutsche Welle xabar berdi.

20 mingdan ortiq namoyishchilar Armaniston hukumatining Ozarbayjon bilan chegarani demarkatsiya qilishga kelishib olgani munosabati bilan bosh vazir Nikol Pashinyan iste’fosini talab qilgan.

Arman Apostol cherkovining Tavush yeparxiyasi rahbari arxiyepiskop Bagrat Galstanyan boshchiligidagi “Vatan uchun Tavush” harakati tarafdorlari mitingda ko‘pchilikni tashkil etdi. Miting chog‘ida u namoyishchilar “bo‘ysunmaslik harakatlari” boshlaganini va Pashinyanga bosh vazirlikdan ketishi uchun bir soat vaqt borligini aytgan. Pashinyan uchrashuv o‘tkazish va iste’foga chiqish haqidagi talablarga javob bermagan. Shundan so‘ng, arxiyepiskop Milliy assambleyada (Armaniston parlamenti) impichment orqali bosh vazirning iste’fosini talab qilishini ma’lum qilgan.

Galstanyan maydonda qolishga qaror qilib, barchani undan o‘rnak olishga chaqirgan.

Avvalroq Armaniston TIV Yerevan va Boku chegaraning alohida uchastkasi bo‘yicha demarkatsiya qilish, jumladan, Tavush viloyati va Ozarbayjonning shimoli-g‘arbiy G‘azax viloyati o‘rtasidagi to‘rtta qishloqning hududiy mansubligi haqida kelishib olganini ma’lum qilgandi. 1990 yillarning boshidan bu hududlar Armaniston tomonidan nazorat qilingan, biroq 2020 yilda mamlakatlar o‘rtasidagi harbiy mojaro natijasida ular Ozarbayjonga o‘tgan. Mahalliy aholi bu qarorga keskin qarshi chiqqan.

May oyi boshida Armaniston hukumati qishloqqa kirishni to‘sib qo‘ygan va o‘nlab namoyishchilarni hibsga olgan. Shundan so‘ng, BBC ta’kidlashicha, arxiyepiskop Bagrat Galstanyan “Vatan uchun Tavush” norozilik marshini e’lon qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yerevanda minglab namoyishchilar Pashinyan iste’fosini talab qildi