19:14 / 17.03.2017
5 464

LG 89 dollarlik Fortune smartfonni sotuvga chiqardi

LG 89 dollarlik Fortune smartfonni sotuvga chiqardi

LG Electronics kompaniyasining smartfon mahsulotlari assortimenti yana bir hamyonbop devays bilan boyidi. LG Fortune 90 AQSh dollaridan sotilmoqda. Fortune nomini olgan gadjet nisbatan hamyonbop narxga bir qator mobil texnologiyalarni va’da qilmoqda, deb yozadi Terabayt.uz sayti.

Korpusi plastikdan tayyorlangan smartfon 5 dyuymli, displeydagi piksellar sig‘imi 854 x 480 piksel bo‘lgan ekran bilan ta’minlanagn. Hamyonbop devaysda chastota tezligi 1,1 GGs bo‘lgan 4 yadroli Qualcomm Snapdragon 210 (ARM Cortex-A7) prosessor, Adreno 304 videokartasi, 16 Gbayt doimiy flesh-xotira o‘rnatilgan. Doimiy xotirani microSD bo‘lmachasi orqali 32 Gbayt.gacha oshirish mumkin. Undagi tezkor xotira ma’lum qilinmagan.

Mobil vosita orqa panelidagi 5 megapikselli bosh kamera fotochanoqqa va HD formatida video tasviga olish funksiyasiga ega. Old kamera sig‘imi ham 5 MP.

LG Fortune batareya akkumulyatorining sig‘imi 2500 mA soat. Smartfon Android 6.0 Marshmallow operasion tizimida faoliyat ko‘rsatadi. Knock Code, ya’ni displeyga barmoq bilan aniq chertish zarbi orqali smartfonni blokirovkadan chiqarish, quvvatni tejaydigan Battery Saver texnologiyalari joriy qilingan. Eng muhimi, gadjet orqa panelida barmoq izlari skaneri ham mavjud.

LG Fortune o‘lchamlari: 144,8 x 72,4 x 7,9 mm. U aloqaning 4G LTE, Wi-Fi hamda Bluetooth 4.1 tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » LG 89 dollarlik Fortune smartfonni sotuvga chiqardi