10:03 / 07.08.2017
6 718

NASA 9 yoshli "o‘zga sayyoralik" bolaga uni ishga olishga va’da berdi

NASA 9 yoshli "o‘zga sayyoralik" bolaga uni ishga olishga va’da berdi
AQShning NASA koinot agentligiga planetar himoya bo‘yicha zobit kerak bo‘lib qolgani sababli ushbu vakansiya chop etilgach, unga 9 yoshli maktab o‘quvchisi Jek Devis javob bergan. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

"Hurmatli NASA, mening ismim Jek Devis va men planetar himoyachi mutaxassisligi lavozimiga ariza bermoqchiman. Men 9 yoshda bo‘lishimga qaramay, bu ishga to‘g‘ri kelaman. Bunga sabablardan biri – mening opam meni o‘zga sayyoralik deydi. Men hali yoshman, shu sababli men o‘zga sayyoralik kabi o‘ylashni o‘rganib olishim mumkin", deb yozgan 4-sinf o‘quvchisi.

E’tiborlisi, bolakayni NASA koinot hududidini tadqiq qilish bo‘yicha boshqariluvchi va boshqarilmaydigan ekspedisiyalar davomida biologik va organik zararlanishning oldini olish sohasidagi mutaxassisga to‘lamoqchi bo‘lgan maosh miqdori qiziqtirmagan. Vaholanki, ushbu lavozim uchun to‘lanadigan maosh anchaginani – yiliga 124,4 ming dollardan 187 ming dollargachani tashkil qiladi.

NASA’ning planetar fanlar departamenti direktori Devid Grin bolaning maktubiga darhol javob bergan va uni albatta ishga olishga va’da bergan. Biroq u "o‘zga sayyoralik" bolakayga bir shart qo‘ydi – yaxshi bilim olib, shundan keyingina boshqarmaga kelishni aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » NASA 9 yoshli "o‘zga sayyoralik" bolaga uni ishga olishga va’da berdi