date

Taroveh namozlarida xizmat qilgan 3600 qori alohida rag'batlantirildi

Taroveh namozlarida xizmat qilgan 3600 qori alohida rag'batlantirildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qaroriga binoan, Ramazon oyida diniy soha xodimlariga katta moddiy rag‘bat berildi. “Vaqf” fondi orqali mamlakatdagi qariyb 20 ming nafar diniy xodimlarga jami 80 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilgan.

Jumladan, mamlakat bo‘ylab taroveh namozlarida Qur’on xatm qilgan 1800 ta masjidda xizmat qilgan 3600 nafardan ortiq qorilarning har biriga 10 million so‘mdan hadya topshirilgan.

Shuningdek, Ulamolar kengashining 100 dan ortiq faxriy a’zolariga ham 10 million so‘mdan moddiy rag‘bat berilgan.

Respublikadagi jome masjidlari imom-xatiblariga 7 million so‘m, mudarrislarga 4 million so‘m, otinoyi va mahalla mullalariga esa 2 million so‘mdan hadya berilgan. Masjidlarda faoliyat yurituvchi muazzin, qorovul va tozalovchilarga 1 million so‘mdan ajratilgan.

Bu tashabbus Ramazon oyida diniy xodimlarni rag‘batlantirish va ularning xizmatini e’tirof etish maqsadida amalga oshirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Taroveh namozlarida xizmat qilgan 3600 qori alohida rag'batlantirildi