date

Toshkent shahrining ayrim hududlarida gaz vaqtincha uziladi

Toshkent shahrining ayrim hududlarida gaz vaqtincha uziladi

Toshkent shahrining ayrim hududlarida 17 mart kuni tabiiy gaz ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda "Hududgaz Poytaxt" gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Rejalashtirilgan texnik ishlarga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek, Olmazor, Uchtepa va Yangihayot tumanlarining ayrim mahalla va ko‘chalarida gaz ta’minoti ma’lum vaqt davomida to‘xtatiladi. Jumladan, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi "Yalang‘och" mahalla fuqarolar yig‘ini Sho‘rtepa 2-tor ko‘chasida soat 10:00 dan 12:00 gacha, Mevazor mahallasidagi Quva ko‘chasida esa soat 11:00 dan 13:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha cheklanadi.

Shuningdek, Olmazor tumanidagi Chustiy mahallasida, Uchtepa tumanidagi O‘rikzor THAY ko‘chasida va Yangihayot tumanidagi Ho‘ja Uchqun ko‘chasida ham soat 11:00 dan 13:00 gacha gaz ta’minoti vaqtincha uziladi.

Ta’mirlash ishlari gaz tarmoqlarini texnik jihatdan soz holatda saqlash, ehtimoliy nosozliklarning oldini olish va iste’molchilarga xavfsiz hamda barqaror gaz yetkazib berish maqsadida amalga oshirilmoqda. Ishlar yakunlangach, barcha hududlarda tabiiy gaz ta’minoti bosqichma-bosqich tiklanadi.

"Hududgaz Poytaxt" iste’molchilardan yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘rab, ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida ehtiyotkor bo‘lishni so‘radi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent shahrining ayrim hududlarida gaz vaqtincha uziladi