Robotlarning yangi asri boshlanganidan buyon insonlarning og‘ir yuki yengillashib bormoqda. Yaqinda yangi FORPHEUS deb nomlangan murabbiy robot (sport murabbiysi) yaratildi, deb yozadi Darakchi nashri. FORPHEUS sport sohasida yaratilgan dastlabki robot bo‘lganligi uchun “Ginnessning rekordlar kitobi”ga kiritildi.
FORPHEUS roboti tajribadan o‘tkazilganda aqlbovar qilmas natija berdi. Robot tennis murabbiysi sifatida 1 oy mobaynida kuzatildi va unga eng mushkul vazifalar yuklandi. FORPHEUS roboti bularni osonlik bilan yengib o‘tdi. Robot tezkor harakat qilish, ya’ni soniyasiga 80 tagacha harakatlanish va oldindan bashorat qilish imkoniyatiga ega. Bu hozircha eng tezkor robot bo‘lib qolmoqda. Undan futbol murabbiysi sifatida ham foydalanish mumkinligi aytilmoqda.
Aleks REMAKS, robot yaratuvchilardan biri:
— Biz odamlar bilan robotlar o‘rtasidagi aloqalarni me’yorlashtirish uchun yangi texnologiya zarur, deb o‘yladik. Odamlar robotlar bilan do‘stlashishlari va o‘zaro muloqot qilishlari mumkin. Bu kashfiyotni esa yangi asrning olamshumul yangiligi, deya bemalol aytish mumkin. Bu robotdan yaqin kelajakda barcha foydalanishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi