Xiaomi barmoq izlari, raqamli kod, smartfon yoki oddiy kalit bilan ochish mumkin bo‘lgan aqlli eshik qulfini taqdim etdi, deb yozadi Kun.uz nashri.
Qulf oddiy ushlagichli tuzilmaga ega. Bir tomondan barmoq izlari skaneri o‘rnatilgan. Taxminlarga ko‘ra, u inson eshik ochayotganida aynan bosh barmoq qo‘yiladigan joyga to‘g‘ri keladi. Skanerlash tizimi o‘rganishdan to‘xtamaydi, shunday ekan, identifikatsiya jarayoni borgan sari tezlashadi.
Izlar qulfning ichida shifrlangan holatda saqlanadi, shu bois hech kim ularga chiqa olmaydi. Eshikni barmoq bilan 15-marta muvaffaqiyatsiz ochishga bo‘lgan urinishdan so‘ng signalizatsiya ishga tushadi. Shuningdek muayyan asbob-uskunalar yordamida qulfni buzishdan himoya tizimi ham bor.
Qulfning yuqori qismida eshikni kod yordamida ochish uchun raqamli sensor blok o‘rnatilgan. Parolni do‘stlar va qarindoshlarga berish mumkin. Shu bilan birga eshikni smartfondagi ilova orqali ham ochish mumkin. Buning uchun qulfga Bluetooth orqali bog‘laniladi. Favqulodda holatlar uchun esa oddiy kalit ham bor.
Xiaomi aqlli qulfini kraudfanding maydonida namoyish etdi. Loyiha ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun kerakli summani to‘pladi, shunday ekan, qurilma tez orada sotuvda paydo bo‘ladi. Uning narxi - 1699 yuan (256,7 dollar). “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi