MIT.uz - Milliy internet tanlovining g‘oliblar nomi e’lon qilindi

  • 07 oktyabr 2015, 10:17
  • 5 389
  • Texnologiya
  • MIT.uz - Milliy internet tanlovining g‘oliblar nomi e’lon qilindi

    6 oktyabr kuni Toshkent shahridagi Turkuston saroyida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan o‘tkazilgan “MIT.uz” III milliy internet tanlovining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Milliy internet tanlovida 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 800 dan ortiq sayt yaratuvchilari va ishlab chiqaruvchilar 10 ta asosiy va 6 ta qo‘shimcha nominasiyalar bo‘yicha ishtirok etishdi.

    Shuni sizlarga mamnuniyat bilan ma’lum qilmoqchimiz, Zamin.uz sayti “Eng yaxshi yangiliklar sayti” nominasiyasida faxrli 2 o‘rinni egalladi.

    Asosiy nominasiya va qo‘shimcha nominasiyalarda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar bilan tanishing.

    Asosiy nominasiyalar bilan tanishing:
    • O‘zbekistonning boy madaniyati va san’ati, tarixi hamda istiqlol g‘oyalari va ma’naviy qadriyatlarini yorituvchi eng yaxshi sayt
    • Mahalla, qishloq va shaharlardagi farovon hayotni yoritgan eng yaxshi sayt
    • O‘zbekistonning iqtisodiy va sayyohlik salohiyati aks etgan eng yaxshi sayt
    • Davlat boshqaruvi sohasidagi eng yaxshi sayt
    • Fan va ta’lim sohasidagi eng yaxshi sayt
    • Eng yaxshi yangiliklar sayti
    • Yil mazmuniga doir eng yaxshi sayt
    • Tibbiyot sohasidagi eng yaxshi sayt
    • Davlat tilidagi eng yaxshi sayt

    Qo‘shimcha nominasiyalar:
    • Ikki tilda yaratilgan eng yaxshi sayt
    • Sport sohasidagi eng yaxshi sayt
    • Eng yaxshi shaxsiy blog
    • Tarmoq servislari sohasidagi eng yaxshi sayt
    • Eng yaxshi sayt dizayni

    G‘oliblar ro‘yhati bilan shu yerdan tanishishingiz mumkin.

    » » MIT.uz - Milliy internet tanlovining g‘oliblar nomi e’lon qilindi