924 ot kuchi va toʻliq uzatma: Lynk & Co 10 va 10+ sedanlari sotuvga chiqdi

924 ot kuchi va toʻliq uzatma: Lynk & Co 10 va 10+ sedanlari sotuvga chiqdi

Geely xoldingiga tegishli Lynk & Co brendi Xitoy bozorida oʻzining yangi Lynk & Co 10 va Lynk & Co 10+ sedanlarini rasman taqdim etdi. Bazaviy Lynk & Co 10 modeli uch xil versiyada taklif etilmoqda va uning narxi 170 mingdan 192 ming yuangacha belgilangan. Kuchliroq Lynk & Co 10+ versiyasi esa ikki xil komplektatsiyada, mos ravishda 220 ming va 236 ming yuan (taxminan 31-33 ming dollar) narxda sotuvga chiqdi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi avtomobillarning oʻlchamlari 5050 × 1966 × 1468 mm ni, gʻildirak bazasi esa 3005 mm ni tashkil etadi. Kapot ostida 66 litrli qoʻshimcha yukxona mavjud. Lynk & Co 10+ modeli agressiv tashqi koʻrinish va 109,1 kg qoʻshimcha bosim kuchini hosil qiluvchi karbonli spoiler bilan jihozlangan. Shuningdek, xaridorlarga imtiyozli kreditlar va trade-in bonuslari ham taklif etilmoqda.

Salonda 12,7 dyuymli raqamli asboblar paneli, 25,6 dyuymli proeksion ekran hamda Snapdragon 8295 chipida ishlovchi 15,4 dyuymli Flyme Auto 2 multimedia tizimi oʻrnatilgan. Avtomobil 23 ta dinamikli 1600 vattli audiotizim va Qianli Haohan avtonom boshqaruv tizimi bilan taʼminlangan. Yuqori versiyalarda yanada ilgʻor H7 tizimi qoʻllaniladi.

Texnik koʻrsatkichlarga koʻra, Lynk & Co 10 bitta 503 ot kuchiga ega motor bilan jihozlangan va bir quvvatlanishda 816 km yoʻl bosadi. Lynk & Co 10+ esa 924 ot kuchiga ega ikki motorli tizimga ega boʻlib, 100 km/soat tezlikka atigi 3,2 soniyada erishadi. Uning masofaviy zaxirasi 536 km ni tashkil qiladi. Barcha versiyalar adaptiv amortizatorli mustaqil osma bilan jihozlangan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar