AQSH va Buyuk Britaniya markaziy bankirlari steyblkoinlar boʻyicha turlicha fikrda

AQSH Fed boshqaruvchisi Christopher Waller yakshanba kuni bergan bayonotida, AQSH dollari bilan taʼminlangan steyblkoinlardan foydalanishning ortishi Amerika pul-kredit siyosatining global taʼsirini kuchaytirishi mumkinligini taʼkidladi. Waller Dubrovnikda oʻtkazilgan 32-iqtisodiy konferensiyada soʻzga chiqib, dollarga bogʻlangan raqamli aktivlarga tayanadigan davlatlar amalda AQSH iqtisodiy sharoitlarini oʻzlashtirishini bildirdi. Bu haqda Cointelegraph.com xabar beradi.
Waller steyblkoinlarni shunchaki toʻlov vositasi deb hisoblashini va ularda hech qanday xavfli yoki yomon narsa yoʻqligini aytdi. Uning fikricha, ushbu aktivlar toʻlov tizimlari dunyosiga sogʻlom raqobat olib kirmoqda. Shu bilan birga, u markaziy bank raqamli valyutalari (CBDC)ga boʻlgan qiziqish koʻplab davlatlarda pasayib borayotganini ham qayd etdi.
Biroq, Bank of England vakili Megan Greene ushbu masalada boshqacha qarashga ega. U steyblkoinlar bir necha yil ichida oʻz ahamiyatini yoʻqotishi mumkinligini taxmin qildi. Greene ushbu jarayonni toshbaqa (CBDC), quyon (steyblkoinlar) va karkidon (tokenizatsiya qilingan depozitlar) oʻrtasidagi poygaga qiyosladi. Uning fikricha, yakunda tokenizatsiya qilingan depozitlar eng muvaffaqiyatli vositaga aylanadi.
Hozirda AQSH Senatida raqamli aktivlar boʻyicha CLARITY Act qonun loyihasi muhokama qilinmoqda. Ushbu hujjat kripto bozori uchun federal tartibga solish tizimini yaratishni maqsad qilgan. Biroq, bank lobbilari va siyosiy jarayonlar tufayli qonunning yakuniy qabul qilinishi va prezident tomonidan imzolanishi masalasi hali ham noaniq boʻlib qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!