date

Rossiyada avtomobillarga alko-qulflar oʻrnatilishi kutilmoqda

Rossiyada avtomobillarga alko-qulflar oʻrnatilishi kutilmoqda

Rossiyada haydovchi nafasidan alkogol bugʻlari aniqlangan taqdirda dvigatelni ishga tushirishni bloklovchi tizimlar joriy etilishi mumkin. Ushbu chora hukumat tomonidan tasdiqlangan 2030-yilgacha yoʻl harakati xavfsizligini oshirish strategiyasini amalga oshirish rejasidan oʻrin olgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Loyiha doirasida "alko-qulflar" deb ataluvchi qurilmalarni qoʻllash mezonlari belgilanadi. Mazkur tashabbus ustida Sanoat va savdo vazirligi, Rosstandart, Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Raqamli rivojlanish vazirligi birgalikda ish olib boradi.

Strategiya nafaqat mastlikni tekshirish, balki haydovchining umumiy holatini baholash tizimlarini ishlab chiqishni ham koʻzda tutadi. Xususan, haydovchining uxlab qolishi yoki diqqatining yoʻldan chalgʻishini aniqlaydigan texnologiyalar joriy etilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, transport vositalarining tezligini, haydash uslubini hamda mehnat va dam olish rejimiga rioya qilinishini masofadan nazorat qiluvchi qurilmalar yaratiladi. Ushbu qurilmalarni qoʻllash tartibi transport turining ekspluatatsiya xavfidan kelib chiqib belgilanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Rossiyada avtomobillarga alko-qulflar oʻrnatilishi kutilmoqda