Samsung korporatsiyasi o‘zining S9 va S9 Plus smartfonlarini fevral oyi oxirida namoyish qiladi, ikki smartfon ham mart oyidan sotuvga chiqadi. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, yangi qurilmalar taqdimot sanasi - 27 fevral.
Ta’kidlash joizki, Galaxy S7 va S7 Edge 2016 yilning 21 fevralida namoyish etilgan edi va 12 martdan sotuvga chiqqan. Samsung'ning sakkizinchi smartfoni esa joriy yilning 29 martida taqdim etildi, 21 apreldan boshlab sotuvga chiqdi.
Bloomberg Samsung'ning yangi flagman qurilmasiga oid boshqa hech qanday tafsilotlar bilan bo‘lishmadi, faqatgina - ularning "modernizatsiyalashgan kamera tizimi"ga ega bo‘lishi ma’lum qilindi. Shunday bo‘lsa-da, taniqli bloger va insayder @onLeaks qurilmaning yangi suratlarini taqdim etdi.
Umuman olganda, Samsung Galaxy S9 o‘zidan avvalgi smartfonga o‘xshash bo‘ladi. Asosiy o‘zgarishlar endi kamera tagida, o‘rtada joylashgan barmoq izlari skaneriga tegishli bo‘ladi. Quloqchinlar "uyasi" qurilmaning pastki qismida, dinamikaning yonida joylashgan bo‘ladi. Faqat Galaxy S9 + qurilmasigina ikki kameraga ega bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi