Facebook foydalanuvchilari soni 1,5 milliard nafardan oshdi

  • 05 noyabr 2015, 11:02
  • 4 697
  • Texnologiya
  • Facebook foydalanuvchilari soni 1,5 milliard nafardan oshdi

    2015 yilning uchinchi choragida Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntlar soni 60 milliontaga oshdi. 30 oktyabr holatiga ko‘ra, dunyo miqyosida 1,55 milliard foydalanuvchi mazkur ijtimoiy tarmoqda o‘z sahifasini ochgan. Bu haqda “VVS” telekanali ga asoslanib “Kun” nashri xabar berdi. Mazkur ko‘rsatkich har oyda oshib bormoqda.

    Internetga kirgan amerikaliklarning 20 foiz vaqti Facebook va Instagram uchun sarflanmoqda, deya tasdiqlamoqda kompaniya ma’muriyati. Sentyabr oyida mobil qurilmalar orqali ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilgan foydalanuvchilar soni 27 foizga ortib, 894 million nafarni tashkil etdi.
    “O‘rtacha va uzoq muddatli istiqbolda Facebook va Instagram o‘zaro raqobat qilmaydi, deb hisoblaymiz.

    Biz boshqa ommaviy axborot vositalari bilan raqobatga kirishamiz”, - dedi kompaniyaning bosh operasion rahbari Sheril Sandberg Reuters agentligiga.
    2015 yilning uchinchi choragida kompaniya daromadi 2014 yilning xuddi shu davriga nisbatan 45,4 foizga ortib, 4,3 milliard dollarga etdi. O‘z navbatida, xarajatlar miqdori ham 68 foizga ortib, 3 millard dollarni tashkil etdi.

    “O‘sish barcha yo‘nalishlar bo‘yicha kuzatilmoqda”, - dedi Sandberg.
    Facebook ijtimoiy tarmog‘iga 2004 yilning 4 fevralida Mark Sukerberg va uning Garvard universitetida tahsil olgan uch xonadoshi tomonidan asos solingan. 10 yil davomida Facebook dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoqqa aylandi.
    Instagram —surat va videoroliklarni bepul almashish uchun tashkil etilgan mobil ilova. 2012 yilning aprel oyida Instagram Facebook kompaniyasi tomonidan sotib olingan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Facebook foydalanuvchilari soni 1,5 milliard nafardan oshdi