Kaliforniya universiteti olimlari, o‘zlari atayotgandek, “4D- ko‘zoynaklar” yaratdilar. Ularning aytishicha, bu qurilma filmlarga namoyish vaqtida tomoshabinga “tegish”ga imkon beradi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Ko‘zoynaklar ko‘rilayotgan videodan effektni oshirish uchun odamga “tega” boshlaydi. Olimlarning ta’kidlashicha, bu qo‘shimcha his-tuyg‘ular uyg‘otadi, misol uchun, ekranda tomoshabinga qarab yo‘nalayotgan obyekt paydo bo‘lsa.
Ushbu ko‘zoynak miyaning qarash va tegishga reaksiyaga javob beruvchi sohalarini o‘rganuvchi neyrobiologlar ishi natijasi bo‘ldi. Ushbu 4D-texnologiya miyaning yuqoridagi sohalarini aldashga asoslangan. Ko‘zoynak tegish hissini uyg‘otadi. Uning asosiy vazifasi olimlarga miya sohalari ishlashi mexanizmini o‘rganishda yordam berishdan iborat.
Olimlarning aytishicha, bunday ko‘zoynaklar ko‘ngil ochish industriyasi – kompyuter o‘yinlari, filmlar, virtual reallikda eng ko‘p qo‘llanishi mumkin.
Qurilma bir necha his-tuyg‘u organlarini qo‘zg‘ata oladi va ko‘zoynak yaratuvchilarining fikricha, bu virtual vaqtichog‘lik uchun muhimdir.
Odam yuziga obyektning kelayotgani hissini ko‘zoynakka o‘rnatilgan kichik o‘lchamli havo oqimlari generatorlari paydo qiladi. Biroq olimlar uchun bu generatorlarni aynan qaysi lahzada ishga tushirish kerakligini bilish murakkablik tug‘dirgan. Miyani aldash qiyin va havo oqimini obyekt paydo bo‘lganda faollashtirish kerakli hisni uyg‘otmaydi. Olimlar ekranda obyekt va havo oqimi paydo bo‘lishi orasida eng haqiqatga yaqin effekt yaratilishi uchun qanday pauza bo‘lishi kerakligini uzoq o‘rganishdi. Aniqlanishicha, eng mukammal effekt 800 va 1000 millisekund oralig‘ida bo‘lar ekan.
Avvalroq Samsung kompaniyasi Entrim 4D quloqchinlari yordamida miyani aldashga harakat qilgandi. Bu quloqchinlar umuman harakat bo‘lmagan holatda go‘yoki uning borligi illyuziyasini yaratadi. Quloqchin Gear VR garniturasi bilan birga ishlaydi va oddiy quloqchinlardan biroz kattaligidan tashqari, hech narsa bilan farq qilmaydi. Biroq quloqchin ichki quloqqa ta’sir qilib, foydalanuvchi miyasiga go‘yoki u virtual sahnada harakatlanayotgandek tuyulishi uchun signallar jo‘natadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi