«Facebook» asoschisi Mark Sukerbergning ma’lum qilishicha, kompaniya ijtimoiy tarmoqdagi eng qiziqarli guruhlar uchun 10 million dollar qiymatidagi mablag‘ni grant sifatida ajratishga tayyor, deb xabar berdi Xabar nashri.
Ushbu mablag‘lar odatdagidek barcha g‘oliblar o‘rtasida taqsimlanadi. 100 dan ortiq guruhning har biri 50 ming dollardan, eng qiziqarli va omadli guruhlarning 5 tasi esa 1 million dollardan oladi.
«Bularning barchasi butun dunyoni va barcha foydalanuvchilarni birlashtirish uchun zarurdir va asosiy maqsad eng qiziqarli sohalarni rivojlantirishga yordam berish va milliardlab odamlarni turli jamoalarga va qiziqarli guruhlarga jalb etishdir», — deydi Sukerberg «Reuters» agentligiga bergan intervyusida.
Sukerbergning hamkasbi Jennifer Dalskining aytishicha, tanlovda barcha — yashash joyi va obunachilari sonidan qat’i nazar qatnashishi mumkin. G‘oliblarni mustaqil ekspertlar va «Facebook» kompaniyasining xodimlaridan iborat komissiya tanlab beradi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi