Toshkentda daraxtlarni ko‘chirib o‘tkazadigan mashina paydo bo‘ldi (video)

  • 13 mart 2018, 08:33
  • 3 478
  • Texnologiya
  • Toshkentda daraxtlarni ko‘chirib o‘tkazadigan mashina paydo bo‘ldi (video)
    Toshkentda daraxtlarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirib o‘tkazishga mo‘ljallangan mashina paydo bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Sof.uz sayti.

    Sayt foydalanuvchisi Olga Vanayeva ushbu mashinaning Toshkent ko‘chalari bo‘ylab hakaratlanayotgani fotosuratni joylashtirgan.

    Dunyoda daraxtlarni ko‘chirib o‘tkazadigan avtomobillar kamdan-kam bo‘lsada uchrab turadi. Maslan, Ukrainada ishlab chiqarilgan “John Graves” nomli avtomobil balandligi 13 metrgacha bo‘lgan daraxtlarni ko‘chirib o‘tkazishi mumkin deyilgan. Kanadada ishlab chiqarilgan “Duchman 100” maxsus avtomobili esa — diametri 30 santimetrgacha bo‘lgan daraxtlarni ko‘chirib o‘tkazishi mumkinligi aytilgan.

    Keltirilgan texnik ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu avtomobil daraxt tomirini 2,5 metr kubgacha bo‘lgan yer bilan birga qazib olish imkoniga ega ekan. Lekin, hech qayerda ko‘chirib o‘tkazilgan daraxtlarning necha foizi yangi joyda yaxshi o‘sib ketgani yoki qurib qolgani haqida ma’lumotlar keltirilmagan.

    Ma’lumki, aksariyat daraxtlarning tomirlari, ularning shoxlari bilan teng maydonni egallaydi. Forumhouse'ning bog‘bonchilik bo‘yicha mutaxassislari fikriga ko‘ra, daraxt yoshi qancha katta bo‘lsa uni ko‘chirib o‘tkazish shunchalik xavfli.15 yoshdan oshgan daraxtlar ko‘chirib o‘tkazilsa, aksariyat hollarda qurib qolar ekan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Toshkentda daraxtlarni ko‘chirib o‘tkazadigan mashina paydo bo‘ldi (video)