Roskomnadzor Telegram messenjeri rahbariyatini foydalanuvchilar xabarlarini shifrdan ochish uchun kerakli bo‘lgan ma’lumot taqdim etilishi lozimligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
«Roskomnadzor Telegram Messenger Limited’ga ma’lumot tarqatish tashkiloti majburiyatlarining bajarilishi lozimligi haqida bildirishnoma yubordi», - deyiladi xabarda.
Messenjer vakillariga talabni bajarish uchun 15 kunlik muhlat berildi. Aks holda servis Rossiya hududida bloklab qo‘yilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 20 mart kuni RF Oliy sudi Telegram’ning shikoyat arizasini rad etdi. Unda Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining foydalanuvchilar almashuvchi xabarlarni qabul qilish, uzatish, yetkazish va (yoki) qayta ishlash holatlari haqida, shuningdek, ushbu foydalanuvchilar borasida ma’lumot taqdim etish tartibi bo‘yicha buyrug‘ini bekor qilish talab qilingandi. Servis rahbariyati bunday ma’lumot faqat sud tartibida berilishini aytmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda