Mail.ru Group holdingi 2017 yil mayida «Odnoklassniki» foydalanuvchilari uchun «OK soobщeniya» asosida «TamTam» messenjerini ishga tushirgandi. «OK soobщeniya» ishlatadiganlar yangilash tugmasini bosish orqali «TamTam» messenjerini o‘rnatishi mumkin qilib qo‘yildi.
Rossiyada Telegram bloklanishi ortidan internet nashrlar «TamTam» messenjeridagi sahifalarni rivojlantirishmoqda va o‘quvchilarini ushbu messenjerga jalb etishmoqda. Sud Telegram’ni bloklash haqida hukm chiqarishidan 2 kun o‘tib «TamTam» messenjeri foydalanuvchilari soni 10 baravar oshib, 40 mingdan ortiq kanal ochilgan.
Ushbu messenjerda «Odnoklassniki» bilan integratsiya saqlab qolingan, ammo yangi foydalanuvchilar bu saytda akkaunti bo‘lmagan holda, telefon raqami bilan yoki Google akkaunti orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin bo‘ladi. Hozirda «TamTam»da chat-guruhlar ochish, suratlar, ovozli xabarlar jo‘natish, kanallar ochish, shuningdek, GIF-animatsiyalar, musiqa, video va stikerlar almashish, videoxabarlar, ovozli qo‘ng‘iroqlar va videoqo‘ng‘iroqlar jo‘natish mumkin.
«Kun.uz» ushbu messenjerdan foydalanishni ma’qul ko‘radigan o‘quvchilari uchun yangi kanal ochdi. Endilikda sayt xabarlarini ushbu kanal orqali ham kuzatib borish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 13 aprel kuni Moskva sudi «Roskomnadzor»ga Telegram’ni Rossiyada bloklashga ruxsat berdi. Messenjer foydalanuvchilarning xabarlarini ochish kalitlari taqdim etilmaguncha bloklanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi