"Samsung" kompaniyasi dasturchilar uchun mo‘ljallangan anjumanda o‘zining egiluvchan displeyli bukiladigan smartfonini namoyish etgan edi, biroq qurilma bilan bog‘liq tafsilotlar batafsil aytilmagandi. Shunga qaramay, ushbu qiziqarli smartfon haqidagi ma’lumotlar turli manbalardan chiqib kelmoqda.
Koreya nashrlaridan birining yozishicha, "Samsung" ushbu smartfondan dastavval mln dona chiqarmoqchi. Kompaniya qurilma ustida cheksiz davrda ishlamoqchi emas, aksincha, uni bozorga ommaviy tarzda chiqarib, talabni o‘rganmoqchi. O‘z navbatida, mln dona smartfon 2019 yil boshigacha tayyor bo‘lib ulgurmaydi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, smartfon ikkita displeyga ega – buklov ochilganda egiluvchan "Infinity Flex" deb nomlangan OLED-ekran (7,3 dyuym, tasvir aniqligi – 1536 x 2152 piksel) ko‘rinsa, buklab qo‘yilganida old tomonida qo‘shimcha ekran (4,58 dyuym, tasvir aniqligi 840 x 1960 piksel) ishlab turadi.
Koreyaning o‘zida ushbu qurilma operatorlarning subsidiyalari hisobga olinmaganida, 2 mln vondan sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Bu taxminan 1770 dollar yoki 14,6 mln so‘m demakdir. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi