Foto: somagnews.com
Britaniyaning Expanscape kompaniyasi 7 ta ekranga ega dunyodagi ilk noutbukni taqdim etdi. Aurora 7 deb nomlangan gadjet professionallar uchun mo‘ljallangan, deb xabar berdi Somag News nashri.
Noutbukning asosiy ekraniga yana beshta displey biriktirilgan bo‘lib, 7-ekran noutbuk klaviaturasi tagida joylashgan. 4 ta ekran 17,3 dyuym o‘lcham va 4K sifatga, qolgan 3 ta ekran esa 7 dyuym o‘lcham va Full HD sifatga ega.
Qurilmaning batafsil texnik ko‘rsatkichlari va narxi ma’lum qilinmagan. Ta’kidlanishicha, yangi gadjet 4 yadroli Intel i7 protsessorida ishlaydi va 64 Gbayt tezkor xotiraga ega.
Qurilmani ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, gadjet ustida hali ishlanmoqda va yaqin orada uning sotuvga mo‘ljallangan tayyor varianti chiqariladi. Kompaniyada ta’kidlanishicha, bunday kompyuter dasturchilar, kiberxavfsizlik va boshqa sohalardagi mutaxassislar uchun zarur hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina askarlari Zelenskiyning bayonotiga kutilmagan munosabat bildirishdi
Putinning navbatdagi olti yillik boshqaruvi Rossiya va dunyoga nima olib keladi?
Ekspert: Putinning saylovdagi g‘alabasi O‘zbekiston bilan munosabatlarni mustahkamlaydi
Putin: Yangi vazifalar, NATO, Ukraina va Fransiya bilan munosabatlar
Permdagi saylov uchastkasida portlash yuz berdi
Qaysi davlat yetakchilari Vladimir Putinni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi?
Xitoy TIV: AQSH dunyodagi eng yirik dezinformatsiya manbai
Isroilda minglab odamlar garovga olinganlarni ozod qilishni talab qildi