
Rossiya terma jamoasi bilan ishlagan sobiq murabbiy Boris Ignatyev 2025 yil yakunlariga ko'ra eng yaxshi rossiyalik futbolchi kimligini ma'lum qildi. Uning fikricha, bu sovrin fransuz chempionatida «Monako» safida to'p surayotgan yarim himoyachi Aleksandr Golovinga munosib. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ignatyev Golovinning Yevropa futboliga to'liq moslashib bo'lganini ta'kidladi. Mutaxassisning aytishicha, u kuchli jamoada barqaror o'ynayapti va «Monako» natijalariga bevosita ta'sir ko'rsatmoqda.
Joriy mavsumda Golovin klub darajasida 15 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. «Monako» 16 turdan so'ng 23 ochko bilan turnir jadvalida 9-o'rinda bormoqda va peshqadam «Lans»dan 14 ochkoga ortda qolgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.