
Xitoyda dunyodagi eng kuchli CHIEF1900 sentrifugasi yaratildi, deb 3dnews.ru xabar berdi. Qurilma 22-dekabr kuni o‘rnatish joyi — Chjetszyan universitetiga yetkazib berildi.
Ushbu sentrifuga ko‘p tonnali modellarni 1900 g·t tezlanish bilan aylantira oladi. Masalan, 1 tonnalik model shuncha yuklamaga duch keladi. Bu tajribalarni sezilarli darajada tezlashtirib, olimlarga vaqt va makonni shartli ravishda “siqish” imkonini beradi.
Qurilma Shanghai Electric Nuclear Power Group tomonidan ishlab chiqilgan va yer ostida 15 metr chuqurlikka o‘rnatiladi. Bu xavfsizlikni oshirib, tashqi shovqin va xavflarni kamaytiradi.
Olimlar sentrifuga yordamida dambalar, geologik jarayonlar va materiallarning ming yillik ta’sirini qisqa vaqt ichida o‘rganishi mumkin bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.