
Mavsumdagi ilk ochko yo‘qotishdan keyin «Al-Nasr» safarda chempionatning kuchli da’vogarlaridan biri — «Al-Ahli»ga qarshi maydonga tushdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv juda erta xavfli epizodlar bilan boshlandi: «Al-Ahli» birinchi daqiqadayoq ketma-ket ikki marta gol urishga yaqin keldi. 7-daqiqada esa Galenoning uzatmasidan so‘ng Ayvan Toni darvozani aniq nishonga olib, hisobni ochdi — 1:0. Oradan ko‘p o‘tmay Toni chuqurlikdan tashlangan uzatmaga ofsaysiz chiqib, uzoq burchakni nishonga oldi va dublini rasmiylashtirdi — 2:0.
«Al-Nasr» 31-daqiqada intrigani qaytardi: Abdulileh al-Amri uzoqdan zarba berdi, darvozabon to‘pni ushlash o‘rniga qo‘llari bilan o‘z darvozasiga yo‘naltirib yubordi — 2:1. Biroq «Al-Ahli» yana bir necha bor ustunligini oshirishga yaqin bo‘ldi.
44-daqiqada mehmonlar hisobni tenglashtirdi: Marselo Brozovich burchakdan to‘p uzatdi, al-Amri esa bosh bilan chap burchakka yo‘lladi — 2:2. Tanaffus arafasida Toni het-trikni rasmiylashtirish imkoniyatini ham qo‘ldan boy berdi.
Ikkinchi bo‘limda mezbonlar yana oldinga chiqdi: 55-daqiqada standart vaziyatdan keyin Ayvan Toni to‘pni tepib ko‘tardi, Merih Demiral esa bosh bilan aniq zarba yo‘llab, hisobni 3:2 ko‘rinishiga keltirdi.
O‘yin oxirida keskinlik kuchaydi: Ali Majrashi Joau Felishning yuz qismiga zarba bergani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi. Keyinroq VAR tavsiyasidan so‘ng Navaf al-Bushayl ham raqibning yaqqol golli vaziyatini to‘xtatgani uchun maydondan chetlatildi.
Krishitanu Ronaldu bu safar hisobni ocha olmadi. «Al-Nasr» ketma-ket ikkinchi o‘yinda ochko yo‘qotdi va tur yakuniga ko‘ra peshqadamlikni boy berishi mumkin. «Al-Ahli» esa turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.