Jarrohlik operatsiyasi jami 18 soat davom etdi. Amaliyot davomida mijozning umurtqa pog‘nasini to‘g‘rilash, asab tizimi va qon tomirlarni me’yoriy holatga keltirishga ham erishildi.
Ushbu jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlangani haqida italiyalik neyrojarroh Serjo Kanavero (Sergio Canavero) matbuot anjumanida rasman ma’lum qildi. Uning aytishicha, amaliyot Xitoyning Xarbin tibbiyot universiteti jamoasi bilan birga doktor Jen Syaopin (Xiaoping Ren) yetakchiligida o‘tkazildi. Faqat bu yerda donor ham, bemor ham olamdan o‘tgan odamlar edi. Shuning uchun ham bu jarrohlik amaliyoti tirik odamning boshi boshqa tanaga o‘rnatilsa, muvaffaqiyatli kechishiga hozircha kafolat bera olmaydi. Kanaveroning ta’biri bilan aytganda, bu amaliyot jiddiy ish oldidan tajriba maktabini o‘tadi xolos.
Italiyalik mutaxassisning aytishicha, tirik odamning boshini o‘zga tanaga o‘rnatish amali yaqin vaqtlarda tashkil etiladi. Bu jarrohlik amaliyotida rossiyalik mijozning boshi bemorga o‘rnatilishi mo‘ljallangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi