19:53 / 11.10.2018
4 655

Oʻzbekistonda umurtqa deformatsiyalarini xirurgik davolash uchun qurilma yaratildi

Oʻzbekistonda umurtqa deformatsiyalarini xirurgik davolash uchun qurilma yaratildi
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Travmatologiya va ortopediya ilmiy tekshirish instituti mutaxassislari tomonidan umurtqa shikastlanishlari va kasalliklarini davolashda qoʻllaniladigan qurilma yaratdilar.

Qurilma umumiy oʻq boʻylab harakatlana oladigan qilib ulangan ikkita tayanchdan tashkil topgan boʻlib, tishlar bilan taʼminlangan. Har bir tayanch uchi tashqi tomondan P-simon plastina bilan bikr ulangan, tayanchlardan biri rezbali sterjen koʻrinishida bajarilgan va fiksatsiyalovchi gayka bilan taʼminlangan, ikkinchi tayanch ichki oʻq boʻylab rezbali kovak silindr koʻrinishiga ega, bunda tishlar P-simon plastinalarning tashqi yuzasida bajarilgan, ichi boʻsh tayanchda esa oʻrnatish kaliti uchun kesik bajarilgan.

Mualliflar Shohaydar Shotursunov, Sanjar Qoʻchqortoyev, Rustam Musayev, Komil Qoraqulov va Suhrob Soliyevga ushbu qurilma uchun foydali model patenti berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Oʻzbekistonda umurtqa deformatsiyalarini xirurgik davolash uchun qurilma yaratildi