15:25 / 14.10.2018
9 580

Buyrak xastaligiga duchor qiluvchi 6 ta jiddiy sabab

Buyrak xastaligiga duchor qiluvchi 6 ta jiddiy sabab
Buyrak xastaligi ham tibbiyotda eng xavfli xastaliklardan biri sanaladi. Quyida aynan shu xastalikni keltirib chiqaruvchi 6 ta jiddiy sabab bilan tanishing:

1. Og‘riq qoldiruvchi dori vositalarini tez-tez iste’mol qilish.

Ha, kuchli og‘riq qoldiruvchi dori vositalari bemorni og‘riq azobidan vaqtincha bo‘lsa-da, xalos etadi. Ammo ular ikkinchi tarafdan buyrak faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

2. Tuzni ko‘p iste’mol qilish.

Keragidan ko‘p miqdorda tuz iste’mol qilish arterial qon bosimini oshiradi. Bu esa buyrakka urib ketadi. Shuning uchun tuzni me’yordan ortiq iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.

3. Yarimfabrikatlar bilan oziqlanish.

Ular tarkibida katta miqdorda fosfor va natriy mavjud. Bu moddalar hatto sog‘lom buyraklarni ham notavonga aylantirish quvvatiga ega.

4. Kam suv ichish.

Buyraklar bir maromda ishlashi uchun organizmdagi suyuqlik miqdori me’yorida bo‘lishi kerak. Lekin duch kelgan suyuqlikni ichish kerak emas. Faqat gazsiz, shakarsiz suv ichish kerak.

5. Kam uxlash.

Talab darajasida har kuni 8 soatdan uxlash odamning o‘zini yaxshi his etishida muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga buyraklar salomatligini ham mustahkamlaydi. Esda tuting, buyraklar uyqu orqali boshqariladi. Agar siz kam uxlasangiz, ular quruqdan-quruq ishlab yotadi. Bu buyraklarning tez fursatda xastalanishiga olib keladi.

6. Ko‘p go‘sht iste’mol qilish.

Hayvon go‘shtini ko‘p yegan taqdirimizda undagi oqsillar miqdori ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Bu qondagi kislota miqdori me’yoridan ortib ketishiga sababchi bo‘ladi. Bu holat esa buyraklar uchun do‘zax azobi degani. Shunday ekan, go‘sht mahsulotlarini juda kam iste’mol qiling. Buning o‘rniga sabzavot va mevalar yesangiz, buyraklaringiz hech qachon xastalanmaydi.

Manba: Hordiq.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Buyrak xastaligiga duchor qiluvchi 6 ta jiddiy sabab