Foto: “Opecheni.ru”
Jigar — tanamizdagi eng katta ahamiyatga ega bo‘lgan organlardan biridir. U ovqatni hazm qilishda ishtirok etadi, hayot uchun zarur bo‘lgan moddalarni sintezlaydi, organizmdan toksinlarni siqib chiqaradi.
Jigar kasalliklari odatda spirtli ichimliklardan yuzaga keladi, degan qarash mavjud. Aslida esa biz sog‘lom deb o‘ylagan shunday odatlar borki, tanadagi eng katta bezning faoliyatiga salbiy ta’sir etadi. Buning ustiga, jigarda asab tolalarining mavjud emasligi tufayli undagi kasalliklar tashqi asoratlarsiz kechadi. Quyida boshqatdan ko‘rib chiqish kerak bo‘lgan jigar uchun xavfli odatlarni sanab o‘tamiz.
Doimiy parhez tutish odati
Sog‘lom va go‘zal tanaga ega bo‘lish uchun, albatta, to‘g‘ri tashkil etilgan parhezning o‘rni beqiyos. Ammo shifokor-diyetolog Olga Anoxino so‘zlariga ko‘ra, muttasil tutilgan parhez jigarni ishdan chiqarishi mumkin. Ma’lumki, jigar ham oshqozon kabi hazm qilish funksiyasiga ega. Unda to‘planadigan o‘t ovqatni parchalashga yordam beradi. Doimiy parhez tutish esa jigarda mazkur suyuqlik to‘planib qolishiga va uning zo‘riqishiga, jig‘ildon qaynashiga hamda oshqozonda turli yaralar shakllanishiga olib keladi.
Jigarda to‘plangan ortiqcha o‘t ichaklarga singish o‘rniga qonga chiqib ketadi va butun tanani zaharlaydi. Shuning uchun ishtahaning bo‘lmasligi ham jigar kasalliklariga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Ko‘p mevalar iste’mol qilish odati
Mevalar vitamin va foydali elementlarga boy eng yaxshi ozuqa mahsulotlaridan hisoblanadi. Ammo ular tarkibidagi fruktoza jigarning yog‘lanishiga olib kelishi mumkin. Shifokor-gastroenterolog Galina Bartashevaning so‘zlariga ko‘ra, ortiqcha fruktoza organizmda yog‘larga aylanadi va qon tomirlarida xolesterin quyqalari shakllanishiga olib keladi. Haddan ortiq shirin mevalar va sharbatlar qondagi glyukoza miqdori tartibini buzadi va oshqozonosti bezini zararlaydi.
Biologik faol qo‘shimchalar va vitaminlar qabul qilish odati
Foto: Freepik
Balans va tartibli ovqatlanish — sog‘lig‘imizning asosi. Biologik faol ozuqaviy qo‘shimchalarni esa parhezimiz me’yorida bo‘lishi uchun iste’mol qilamiz. Biroq shifokor-gastroenterolog Anastasiya Veretnovaning qayd etishicha, BFQning haddan tashqari dozasi gepatotoksiklikni keltirib chiqarishi mumkin.
“A va Ye vitaminlari, turli o‘simliklarni o‘z ichiga olgan biologik faol qo‘shimchalarni qabul qilish gepatotoksik ta’sirga ega va bu fakt ilmiy jihatdan tasdiqlangan”, — deydi shifokor.
Farmatsevtik preparatlarni qabul qilishni boshlagandan so‘ng jigar tuzilishida jiddiy o‘zgarishlar namoyon bo‘ladi va hatto toksik gepatitga olib keladi. Shifokor barcha narsada me’yorga amal qilish lozimligini uqtiradi.
Darvoqe, biologik faol ozuqaviy qo‘shimchalar hamda paleolitik parhez yurak uchun xavflidir. Paleodiyeta — paleolit davri diyetasi yoki qadimgi odamlarning diyetasi sifatida ham tanilgan. Paleolit davrida (ilk tosh asri) qadimgi ajdodlarimiz uchun mavjud bo‘lgan oziq-ovqatlarga asoslangan parhezdir. Unga ko‘ra, ko‘p miqdorda qizil go‘shtni iste’mol qilish lozim, sut mahsulotlari, don va shakar esa taomnomadan chiqarib tashlanadi. Bunday parhez yurak-qon tomir kasalliklarini keltirib chiqaradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi