Hayotimizda turli stressli holatlar bo‘lib turadi, ularni kundalik hayotdan butunlay chiqarib tashlab bo‘lmasligi ayon. Tushkunlik va ruhiyatdagi notinchliklar esa markaziy nerv tizimida buzilishlarga olib keladi. Ularning oldini olish uchun shifokor tavsiyasiga ko‘ra turli vitaminlar qabul qilish mumkin.
Endokrinolog Zuhra Pavlova o‘zining Telegram kanalida organizmda qaysi vitamin yetishmasligi asab tizimi bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarishi haqida gapirib berdi, deb yozadi “Sports.kz”.
Foto: Diabetis
“Tibbiyotda B guruhi vitaminlari asab tizimining barqaror ishlashi, kayfiyatni yaxshilash va ruhiy kasalliklarga chalinmaslik uchun kerak, degan tushuncha bor. Ammo ayrim vitaminlar faqat nerv tizimi uchun, boshqalari esa ovqat hazm qilish uchun foydali, deyish noto‘g‘ri. Chunki mikroelement va vitaminlar barcha organlar va tizimlarga birdek ta’sir qiladi.
Misol tariqasida, B1 vitamini (tiamin) tanqisligida ensefalopatiya rivojlanadi. Bunda to‘qimalarda distrofik o‘zgarishlar ro‘y berib, miya faoliyatining buzilishiga olib keladi. Tiamin turli xil yong‘oqlar, donlar, parranda go‘shtida mavjud.
Hatto to‘g‘ri va sog‘lom ovqatlanish tartibiga rioya etadigan insonlarda ham B1 vitamini yetishmovchiligi kuzatilishi mumkin, sababi ba’zan vitamin va minerallar organizmga yaxshi so‘rilmaydi. Bunday muammo oshqozon va hazm sistemasi kasallangan yoki sorbentlar (organizmni tozalovchi va ichaklarni yuvuvchi maxsus preparatlar)ni me’yordan ortiq iste’mol qiladigan shaxslarda uchraydi.
Magniy yetishmasligi ham vitaminlarning organizmda yaxshi so‘rilmasligiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun B1 vitamini tanqisligi sog‘lom odamlarda ham uchrashi mumkin.
Organizmda B1, B6, B9 va B12 vitaminlarining tanqisligi gomotsistein (proteinogen bo‘lmagan aminokislota) darajasini oshiradi. Aminokislotalar miqdorining ko‘payishi esa o‘z navbatida yurak-qon tomir patologiyalari va Alsgeymer kasalligiga olib keladi.
Alsgeymer kasalligida neyronlarning ko‘rinishi.
Foto: Health issue
C va E vitaminlari asab tizimi va miyaning to‘liq ishlashini ta’minlab turadi. Bosh miyaning C vitaminiga bo‘lgan ehtiyoji juda yuqori bo‘lib, qon plazmasida miya hujayralariga qaraganda 200 baravar kamroq uchraydi. C vitamini organizmda yallig‘lanish jarayonlarini bartaraf etadi hamda va neyrodegenerativ kasalliklarni, jumladan, Alsgeymerning oldini oladi.
Ye vitamini bosh miyaning kognitiv funksiyalari — fikrlash, eslash, qaror qabul qilish kabilar uchun javobgardir. Bosh miya to‘qimalaridagi moddalar almashinuvi jarayoniga esa fosfor, kalsiy, magniy, sink, mis, marganes kabi mikroelementlar ta’sir qiladi. Ularning barchasi zanjirdek bir-biriga shunchalik bog‘liqki, bir elementni ikkinchisida ustun qo‘yish xatodir.
Bugungi kunda Alsgeymer kasalligi faqat keksalarda emas, balki mehnatga layoqatli insonlarda ham uchramoqda. Uning asosida hujayralardagi kalsiy almashinuvining buzilishi va genetika yotadi. Shunga qaramay, irsiyat bilan bog‘liq mazkur kasallikka chalinmaslik mumkin. Buning uchun ijobiy fikrlash, stressli vaziyatlardan qochish, to‘g‘ri ovqatlanish, sport bilan shug‘ullanish va to‘liq uyquni ta’minlash kabilarga amal qilish lozim”, — deydi endokrinolog Pavlova. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”