19:35 / 07.12.2019
5 751

Shamollashda haroratni tushiruvchi tabiiy vositalar

Shamollashda haroratni tushiruvchi tabiiy vositalar
Haroratni tushiruvchi tabiiy vositalarga quyidagilar kiradi:

1. Rezavor mevalar. O‘rmon mevalari – maymunjon, yertut, malina, klyukva, brusnika va chernika bu borada eng muhim vosita hisoblanadi.

2. Mevalar, ayniqsa, sitrusli – limon va apelsin. Bu mevalar C vitaminiga boy bo‘lgani uchun ham shamollash davrida ko‘proq yeyish tavsiya qilinadi. Bundan tashqari, olma, nok va olxo‘rilar ham juda foydali mevalar hisoblanadi.

3. Sabzavotlar. Sabzi va karam sharbati, boshpiyoz va sarimsoq nastoykasi haroratni tushirishda katta yordam beradi.

4. Dorivor o‘tlar. Malina va smorodina barglari, chakanda (oblepixa) bo‘tog‘i va barglari, moychechak va lipa gullari ham haroratni tushirishda yordam beradi.

5. Asal – terlatuvchi, immunitetni mustahkamlovchi va antibakterial xususiyatga ega bo‘lgani uchun ham haroratni tushiruvchi hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Shamollashda haroratni tushiruvchi tabiiy vositalar