Mujtaba Xominaiy: Turkiya va Ummondagi hujumlarga Eron aloqador emas

Eron oliy rahnamosi Mujtaba Xominaiy Turkiya va Ummon hududidagi obyektlarga qilingan so‘nggi hujumlar yuzasidan bayonot berib, bu voqealarga Eron armiyasining aloqasi yo‘qligini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur hodisalar ortida “soxta bayroq” usulidan foydalanayotgan tashqi kuchlar turibdi. Ya’ni, bu kabi harakatlar orqali Islom Respublikasi va qo‘shni davlatlar o‘rtasida ixtilof chiqarish maqsad qilingan.
Mujtaba Xominaiy aytishicha, bunday provokatsion ssenariylar sionistik kuchlar tomonidan amalga oshirilayotgan navbatdagi aldamchi urinish hisoblanadi. U bu orqali Isroilni nazarda tutganini ham yashirmadi.
Shu bilan birga, u kelgusida shunga o‘xshash hodisalar boshqa davlatlarda ham takrorlanishi ehtimolini istisno etmadi. Bu esa mintaqadagi vaziyat yanada murakkablashishi mumkinligini anglatadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!