O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ikkinchi o‘qishda «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini qabul qilish hamda uni Senatga yuborish to‘g‘risida qaror qabul qildilar. Bu haqda Qonunchilik palatasi axborot xizmati ma’lum qiladi.
Ushbu qonun loyihasi birinchi navbatda fuqarolar jumladan, tadbirkorlarning davlat organlari va ularning mansabdor shaxslariga ishonchini mustahkamlash, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni keng ko‘lamda qonun yo‘li bilan tartibga solishga, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida davlat organlari, tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini oshirishga, shuningdek jamiyat hayotining barcha sohalarida bunday holatga to‘liq barham berishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish orqali korrupsiyaning barcha ko‘rinishlariga nisbatan murosasizlik muhitini yaratishga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning oktyabr oyida Shavkat Mirziyoyev Qonunchilik palatasiga mazkur qonun loyihasini muhokamaga kiritish haqida qonunchilik tashabbusi bilan chiqqan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi