Orenburg–Qozon yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lining 231-kilometrida, aniqrog‘i Komissarovka qishlog‘i yaqinida yo‘l-transport hodisasi yuz bergani xabar qilindi.
Ponomaryov tumani politsiya xodimlari tomonidan yengil avtomobil haydovchisi jabrlangan YTH yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.
Huquq tartibot xodimlarining ma’lumotiga ko‘ra, 47 yoshli O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan Captiva haydovchisi harakat vaqtida boshqaruvni yo‘qotgan hamda harakat yo‘nalishining chap tomonidagi chuqurlikka tushib ketgan. Mashinaning aylanib ketishi natijasida salonda bo‘lgan 53 yoshli yo‘lovchi umurtqa pog‘onasidagi jarohat sabab shifoxonaga yotqizilgan.
YTH yuzasidan politsiyachilar tomonidan tekshiruv materiallari tayyorlangan. Tekshiruv ishlari yakunlangach, tegishli qaror qabul qilinishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi