08:30 / 07.12.2017
5 091

Tramp amerikaliklar uchun Rojdestvo bayramiga “ulkan sovg’a” tayyorlab qo’yganini ma’lum qildi

Трамп америкаликлар учун Рождество байрамига “улкан совға” тайёрлаб қўйганини маълум қилди
AQSH prezidenti Donald Tramp Yuta shtatidagi chiqishi chog’ida mamlakat aholisini kelayotgan bayram bilan qutladi va tantana uchun “Ulkan sovg’a” tayyorlab qo’ygani haqida ma’lum qildi.

“Biz amerikaliklarga Rojdestvo uchun ulkan sovg’a sifatida soliq imtiyozlari haqidagi qonun loyihasini keltirib o’tishga yana bir qadamga yaqinlashdik. Rojdestvo qaytib keladi va har qachongidan kattaroq hamda yaxshiroq bo’ladi... Biz bu haqida hozir g’ururlanib gapiramiz” dedi Tramp o’z nutqida.

Eslatib o’tamiz, AQSH Kongressi senati oxirgi 30 yil ichidagi eng yirik soliq islohoti qonun loyihasini qabul qilgan edi. U Trampning saylovoldi va’dalaridan biri hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp amerikaliklar uchun Rojdestvo bayramiga “ulkan sovg’a” tayyorlab qo’yganini ma’lum qildi