Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburgda va Leningrad viloyatida ishchi dasturi tugagach, 18 yanvar, payshanba kuni Tver viloyatiga jo‘nab ketdi, u yerda Nilo-Stolobenskiy erkaklar monastiriga tashrif buyurdi, shuningdek, Seliger ko‘lida muz o‘yig‘iga tushib, cho‘qintirish bayramida qatnashdi, deya xabar bermoqda «Daryo» nashri davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskovga tayanib.
«Kreshcheniye bayrami munosabati bilan Putin liturgiyada qatnashdi, shuningdek, Seliger ko‘lida cho‘qintirish cho‘milishlarida ishtirok etdi», — dedi u.
Matbuot kotibi so‘zlariga ko‘ra, bu yil markaziy Rossiyada an’anaviy chilla sovuqlari kuzatilmayapti, shu sababli «ko‘l atrofida harorat bu kecha minus 6—7 darajadan pastga tushmagan».
Peskov Putin uchun bu birinchi marta emasligini, u ko‘p yillardan buyon muz o‘yig‘iga tushib cho‘milib kelishini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...