Amerika Qoʻshma Shtatlarida yashovchi 13 yoshli Jon Lozonis “Bolakay-trillioner” degan kitobni yozib, nashr ettirdi. Endi shu kitobini sotish orqali boyib ketishga umid bogʻlamoqda.
Kitobida 13 yoshli yozuvchi dunyodagi millionerlar pul topishni qay yoʻsinda boshlaganliklarini tasvirlab bergan. Maslahatlari, kitobda keltirilgan dalillar tengqurlarini ham ota-onasiga vassal boʻlmagan holda mustaqil pul ishlab topishga oʻrgatishidan umid qilmoqda.
Lozonis ilk bor 8 yoshida oʻzining sevimli kafesi uchun sayt ochdi. Shundan keyin tez orada 60 dollar pul ishlab topdi. Shundan keyin bildiki, bola ota-onaga ogʻirligini tushirmasdan oʻzi mustaqil pul ishlab topishi mumkin ekan.
Ilk kitobining har bir donasini Lozonis 10 dollardanga sotmoqda. Oʻzining aytishicha, bir kunda 30 ga yaqin kitob sotadi. Kelgusida u yana koʻplab kitoblarga mualliflik qilishni rejalashtirgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Toshkentdagi issiqlik ta’minoti operatori daraxt tagida qolib ketgan qizaloq yuzasidan munosabat bildirdi
Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
Ilyos Zeytullayev: "Hozir kamroq gapirib, ko‘proq ishlashimiz kerak"