12:20 / 18.12.2017
6 468

Hindistonlik ruhshunoslar selfiga mukkasidan ketishni kasallik deb tan olishdi

Hindistonlik ruhshunoslar selfiga mukkasidan ketishni kasallik deb tan olishdi
Hindiston ruhshunoslari selfi tushish istagidan bir zum ham ajrala olmaydigan va ularni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish odatini ruhiy kasallikdan boshqa narsa emas deb hisoblaydilar.

Mazkur tadqiqot International Journal of Mental Health and Addiction jurnali sahifalarida e’lon qilindi va unda “Selfitis” atamasi bilan nomlangan selfi tutishga mukkasidan keтish holatini kasallik deb aytish mumkinligi haqida hulosa qilindi.

Bu borada 200 nafar ishtirokchidan iborat guruh bilan ishlangan mutaxassislar insonning selfi tushishga bo’lgan ishtiyoqini 1 balldan 100 ballgacha bo’lgan shkalada hisoblash usulini ishlab chiqdilar.

Xabarda aytilishicha, ruhiy buzilishning xavfli bosqidagi insonlar kuniga 3 martadan ko’p selfiga tushadilar, ammo uni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilishmaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilina boshlagan selfilar esa kasallikning o’tkir bosqichidan darak beradi. Surunkali “selfitis” esa kuniga 6 martadan ko’proq selfi suratlarini olib, ularni ijtimoiy tarmoqlar orqali muntazam ravishda e’lon qiladigan insonlarda kuzatiladi.

Ruhshunoslarning fikricha, ijtimoiy tarmoqlarga o’z selfilarini joylashtirishga mukkasidan ketgan insonlarga hayotda e’tibor yetishmaydi va ular shu yo’l orqali o’ziga e’tibor chalb qilish, ma’lum bir jamoaning a’zosiga aylanish, ijtimoiy holatni yaxshilashga urinadilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Hindistonlik ruhshunoslar selfiga mukkasidan ketishni kasallik deb tan olishdi