07:31 / 27.01.2018
6 949

Endi Toshkentda har juma kuni "Tibbiyot kuni" deb belgilandi

Энди Тошкентда ҳар жума куни "Тиббиёт куни" деб белгиланди
Toshkent shahar hokimi Rahmonbek Usmonov haftani har juma kunini "Tibbiyot" kuni sifatida belgilash haqida topshiriq berdi, deb xabar qildi Sof.uz nashri.

Tuman hokimining o‘rinbosarlari haftaning juma kuni tibbiyot muassasalaridagi muammolarni o‘rganish, tahlil qilish, ularni bartaraf etish, ayniqsa oilaviy poliklinikalarda fuqarolarni kutish holatlarini oldini olish kabi kamchiliklarni bartaraf etish bilan shug‘ullanishlari belgilandi.

Sog‘liqni saqlash tizimi faoliyatini takomillashtirish maqsadida 25 yanvar kuni shahar hokimining farmoyishi qabul qilindi. Unga muvofiq tizimidagi tibbiyot muassasalarini yumshoq va qattiq jihozlar bilan ta’minlashga 6 mlrd. 185 mln so‘m mablag‘ ajratiladi.

Bundan tashqari, mahalliy byudjetdan moliyalashtiriladigan tibbiyot muassasalarida, dori-darmon vositalariga ajratiladigan mablag‘ o‘tgan yilga nisbatan ikki barobarga oshirildi. 2017 yilda 26,5 mlrd. so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 2018 yilda 48,2 mlrd. so‘mni tashkil etmoqda.

Toshkent shahar hokimligi tomonidan ko‘riladigan bu kabi chora-tadbirlar yaqin kunlar ichida shahar sog‘liqni saqlash tizimida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishiga olib keladi, deyilgan xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Endi Toshkentda har juma kuni "Tibbiyot kuni" deb belgilandi