Kuchli tish ogʻrigʻi — tishning yemirilishi. Nima qilish kerak? Tishlarni gʻichirlatish odati ulardagi nerv tomirlarining zararlanishi va emal qatlamining tushib ketishiga sabab boʻladi. Bu holat tishlaringiz ildizidan darz ketishiga va oxir-oqibat toʻkilishigacha olib kelishi mumkin. Bunday vaziyatda darrov tish shifokoriga murojaat qilish kerak. Stress tufayli yuzaga keladigan tish gʻichirlatish odatini esa maxsus muolaja va dori-darmonlar orqali bartaraf etsa boʻladi.
Ichak va qorin ogʻrigʻi — koʻrichak boʻlishi mumkin. Agar shunday oʻzgarishni sezsangiz, toʻgʻri shifoxonaga boring (odatda, bu kasallik 24 soat ichida xuruj qiladi.) Tezroq jarrohlik stoliga yotishingizga toʻgʻri keladi. Agar koʻrichak yorilsa, ichakka zararli bakteriyalar tarqashi mumkin. Bu esa hayot uchun juda xavfli.
Sondagi ogʻriq — chuqur venalar trombozidan darak boʻlishi mumkin. Oyogʻingizning son qismida ogʻriq sezsangiz, sizda chuqur venalar trombozi, yaʼni chuqur qatlamdagi venalarda qon qotishi xastaligi boshlanayotganiehtimoldan xoli emas. Odatda tromboz tugʻruqni nazorat qiluvchi dori vositalarini isteʼmol qilish yoki uzoq vaqt mashina haydash orqali yuzaga keluvchi toliqish oqibatida vujurga keladi. Oyogʻingiz butunlay shishib ketmasidan yoki ogʻriq chidab boʻlmas darajaga yetmasidan tibbiyot xodimlariga murojaat qiling. Bu kasallik davolanishining kechikishi sogʻligingiga jiddiy xavf paydo qilishi mumkin. Qondagi tromblar kattalashib, yorilib ketishi oqibatida oʻpka tomon harakatlanib, qon oqimini toʻxtatib qoʻyishini unutmang.
Oy tutilishi spazmlari — endometriozdan darak. Maxsus davo usullari va dorilar yordam bermasa, bu holatdan xavotirlanish oʻrinli. Endometrioz tugʻishga toʻsqinlik qiladi. Maʼlumotlarga qaraganda, 40-60 foiz ayollarda bu kasallik tufayli kuchli ogʻriqlar turadi. Kasallik toʻliq aniqlangunicha, shifokor bilan maslahatlashib kontraseptiv vositalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Kuraklaringiz orasidagi ogʻriq — yurak xurujiga uchragan odamlarning 30 foizida, asosan, kuraklar oʻrtasida ogʻriq turar ekan. Shuningdek, bu kasallik xurujida jagʻ ogʻrigʻi, koʻngil aynishi va nafas tiqilishi holatlari kuzatiladi. Yuqoridagi simptomlar sizda kuzatildimi,albatta shifokorga muroojat qiling. oʻz salomatligingizga beparvo boʻlmang!
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi