Sir emaski, ilgari shoshilinch tibbiy yordamga mo‘ljallangan avtotransportlar hatto 10-12 yillab ishlatilardi. Oqibatda manzilga o‘z vaqtida yetib borish, bemorni tibbiyot muassasasiga yetkazish kabi vazifalarni bajarishda muammolar kuzatilardi, deyiladi O‘zA xabarida.
Bu kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida oxirgi ikki yil ichida O‘zbekiston miqyosida 1450 ta yangi avtotransport sog‘liqni saqlash tizimiga ajratildi. 91 ta Nissan, 140 ta Hyundai, shuningdek, gumanitar yordam sifatida esa joylarga 50 ta Toyota yetkazib berildi. 231 ta tez yordam mashinasi zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi.
Tez tibbiy yordam xizmatini dori-darmon va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash uch barobarga oshdi. Ya’ni, bugungi kunda har bir chaqiriq uchun minimal xarajatlar 5000 so‘m miqdorida belgilandi. Bu ko‘rsatkich 2016 yilda 748 so‘mni, 2017 yilda 1627 so‘mni tashkil etardi.
Tez tibbiy yordam xizmatini rivojlantirishga amaliy ko‘maklashish va uning moddiy-texnika bazasini yaxshilash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi tuzildi. 2019 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar dasturi hamda tez tibbiy yordam xizmati faoliyati samaradorligini baholashning namunaviy indikatorlari tasdiqlandi. Tez tibbiy yordam xizmatini aviatsiya texnikasi bilan jihozlash ham ko‘zda tutilgan. Ular amalga oshirila boshlangach sohada xizmat ko‘rsatish yangi bosqichga ko‘tariladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi