Erkaklar organizmdagi testosteron miqdorining yuqoriligi tromb (tomirda ivib qolgan qon) paydo boʻlishiga va yurak faoliyatidagi yetishmovchilik xastaligini rivojlanishiga sabab boʻlishi mumkin, deya maʼlum qilishdi Nyu-York universiteti va Gongong universiteti olimlari. Ilmiy ish natijalarini British Medical Journal eʼlon qildi.
Qayd etilishicha, ekspertlar prostata saratoni koʻrigidan oʻtgan 50 yoshdan 75 yoshgacha boʻlgan uch mingdan ortiq erkaklar haqidagi maʼlumotlarni tahlil qilishadi. Ular testosteron miqdori yuqori boʻlgan erkaklarning umumiy genlarini aniqlashga urinishadi.
Shundan soʻng tadqiqotchilar Buyuk Britaniyaning Biobankiga murojaat qilishdi. Ular topilgan genlarni 392 mingdan ortiq har ikki jins vakillari genlari bilan taqqoslab koʻrishadi. Taqqoslab koʻrishdan asosiy maqsad ushbu genlar va trombning yuqori paydo boʻlishi, yurak faoliyatidagi yetishmovchilik xastaligi yoki yurak xuruji oʻrtasidagi bogʻliqni aniqlashdan iborat edi.
Oʻtkazilgan tadqiqot yakunida ekspertlar testosteron miqdorining yuqori boʻlishi trombning paydo boʻlish xavfini 2 baravarga, yurak faoliyatidagi yetishmovchilik xastaligi rivojlanishini esa qariyb 8 baravarga oshirishi haqidagi xulosaga kelishdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi