04:00 / 22.05.2020
2 317

Saudiya muftiysi hayit namozini uyda o‘qish haqida fatvo chiqardi

Saudiya muftiysi hayit namozini uyda o‘qish haqida fatvo chiqardi
Saudiya Arabistoni ulamolari kengashi raisi va Ilmiy tadqiqotlar boshqarmasi boshlig‘i muftiy Abdulaziz ash-Shayx koronavirus bilan bog‘liq vaziyatdan keyin bu yilgi hayit namozini uyda o‘qishga ruxsat berish to‘g‘risida fatvo chiqardi. Bu haqda Toshkent Islom instituti sayti xabar berdi.

Fatvoga ko‘ra hayit namozi xutbasiz ado qilinadi. Namoz ikki rakat bo‘lib, unda oltita takbir bor. Shuningdek, u fitr sadaqa va zakotni munosib bo‘lgan odamlarga taqsimlab berish va hayit doimgidek xursandchilik bilan nishonlashi kerakligini qo‘shimcha qildi.

Ulamolar kengashining a’zosi shayx Abdul Salom Abdulloh Sulaymon hayit namozini yolg‘iz o‘qimay, oila a’zolari bo‘lsa, ularning hamrohligida ado qilishlari mumkinligini fatvoda bildirib o‘tdi.

Shuningdek, olimlar hayit namozining vaqti quyosh chiqqandan so‘ng 15-30 minut o‘tishi kerakligini aytadilar. Hayit namozining vaqti peshin namozidan oldin tugaydi.

Barcha mazhablarga ko‘ra, quyosh chiqayotgan vaqtda hayit namozini o‘qish mumkin emas. Shunday qilib, quyosh chiqqandan 15-30 minut keyin namoz o‘qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Saudiya muftiysi hayit namozini uyda o‘qish haqida fatvo chiqardi