
2026-yil 1-fevraldan boshlab “A” va “B” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olishni istagan fuqarolar uchun avtomaktablarda majburiy kurslarni o‘tish talabi bekor qilinadi. Bu haqda UzA xabar berdi.
Endilikda nazariy bilimlarni mustaqil o‘rganib, imtihon topshirish mumkin bo‘ladi. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati huzuridagi o‘quv guruhlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi ham bekor qilinadi.
Bu o‘z navbatida o‘quv jarayonini soddalashtirish va qulaylashtirishga xizmat qiladi. Shuningdek, 2026-yil 1-apreldan boshlab kameralar tomonidan qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun jarima ballari hisoblanadi.
Endi ushbu ballar avtomobil egasi hamda ishonchnoma, sug‘urta yoki yo‘l varaqasi asosida transport vositasidan foydalangan boshqa haydovchilar o‘rtasida taqsimlanishi mumkin bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar