date

Avtobuslar va tez yordam mashinalariga tashvish tugmalari o‘rnatiladi

Avtobuslar va tez yordam mashinalariga tashvish tugmalari o‘rnatiladi

O‘zbekistonda yo‘nalishli avtobuslar va tibbiy yordam avtotransport vositalariga bosqichma-bosqich tashvish tugmalari o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Bu Prezidentning “Ichki ishlar organlarining qo‘riqlash sohasidagi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari” bo‘yicha qarorida belgilandi.

Qarorga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi Transport vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda avtobuslar va tez yordam mashinalarida jamoat xavfsizligini ta’minlash va tibbiy xodimlarni himoya qilish maqsadida qo‘riqlash xizmati joriy etadi.

2026-yil 1-yanvardan boshlab qo‘riqlovga olingan banklar, yirik korxonalar, mahalliy hokimliklar va boshqa muhim obyektlarning kirish-chiqish nuqtalariga yuzni tanish texnologiyasiga ega zamonaviy texnik vositalar bosqichma-bosqich o‘rnatiladi. Ular “Xavfsiz shahar” tizimi bilan integratsiya qilinadi.

Qo‘riqlanayotgan obyekt yoki xonadondan kelgan har qanday tashvish signali bir vaqtning o‘zida ichki ishlar organlarining yagona tezkor markaziga, profilaktika inspektorlariga va patrul-post xodimlarining planshetlariga yuboriladi.

2026-yildan boshlab texnik qo‘riqlovga olingan obyektlar toifalarga ajratilib, ular uchun differensial to‘lov tizimi amalga kiritiladi.

Hujjatga ko‘ra, IIV 2026-yil yakuniga qadar muhim obyektlarni uchuvchisiz uchadigan apparatlarga qarshi moslamalar va dronlar bilan jihozlashni ham nazarda tutgan.

Shuningdek, 2026-yil 1-martga qadar “E-Qo‘riqlash” elektron platformasi ishga tushiriladi. “Xavfsiz ta’lim” konsepsiyasi doirasida davlat va nodavlat ta’lim muassasalari, shu jumladan xorijiy ta’lim filiallari ham qo‘riqlash signalizatsiyalari, tashvish tugmalari va videokuzatuv bilan jihozlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Avtobuslar va tez yordam mashinalariga tashvish tugmalari o‘rnatiladi