
Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Qo‘riqlash departamenti jamoat transportlari hamda tez tibbiy yordam mashinalarida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha yangi tizim joriy qilmoqda.
Prezident qaroriga (PQ-360) muvofiq, Ichki ishlar, Transport va Sog‘liqni saqlash vazirliklari hamkorligida yo‘nalishli avtobuslar hamda “Tez yordam” mashinalariga bosqichma-bosqich tashvish tugmalari o‘rnatiladi. Bu tugmalar favqulodda holatlarda darhol xavfsizlik xizmatlariga murojaat qilish imkonini beradi.
Bundan tashqari, 2026-yil 1-yanvardan boshlab Qo‘riqlash departamenti tomonidan texnik qo‘riqlovdagi obyektlarga nisbatan differensial to‘lov tizimi joriy etiladi. Bu esa har bir obyekt xususiyatiga qarab, xizmat narxini moslashtirish imkonini beradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.