date

Kivu Interning yetakchilikka qaytishi haqida fikr bildirdi


Milaning “Inter” jamoasi bosh murabbiyi Kristian Kivu A Seriyada “Jenoa” ustidan 2:1 hisobida qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘yin va jamoaning turnir jadvalidagi holati haqida fikr bildirdi. “Inter” safida 6-daqiqada Yann-Orel Bissek, 38-daqiqada esa Lautaro Martines gol urdi.

Mezbonlar 68-daqiqada bitta to‘p bilan javob qaytardi. Kivu Sky Sport bilan suhbatda yetakchilik masalasiga to‘xtalib, natija ortidagi mehnatni alohida urg‘uladi: “Birinchi o‘rinmi?

Men ko‘proq jadvaldagi o‘rinni emas, o‘yinimizni muhokama qilishni afzal bilaman. Bu juda og‘ir uchrashuv bo‘ldi, chunki raqib yaxshi formada edi.

“Inter” bu stadionda besh yildan beri g‘alaba qozonmagandi. Oson bo‘lmasligini bilardik va shunday bo‘ldi ham.

Yutish uchun maksimal darajada harakat qilishimizga to‘g‘ri keldi”. Ushbu g‘alabadan keyin “Inter” turnir jadvalida “Milan”ni 1 ochko, “Napoli”ni esa 2 ochko ortda qoldirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kivu Interning yetakchilikka qaytishi haqida fikr bildirdi