
Fransiya chempionatining 16-turida "Lans" o'z maydonida "Nitsa"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi. Har ikki golga mezbonlar javobsiz zarba berdi.
Bu natija "burgutlar" uchun barcha turnirlardagi ketma-ket to'qqizinchi mag'lubiyat bo'ldi. Gap, avvalo, Liga 1 hamda Yevropa Ligasidagi o'yinlar haqida ketmoqda.
Ketma-ket mag'lubiyatlar seriyasi "Nitsa" tarixidagi mutlaq antirekordga aylandi: klub avval hech qachon birin-ketin shuncha o'yinda yutqazmagan. Shuningdek, yakuniga yetib borayotgan yil davomida jamoa 24 bor mag'lub bo'ldi va bu ko'rsatkich klub antirekordini takrorladi.
Mazkur salbiy natija ilk bor 1987 yilda qayd etilgan. Hozirda "Nitsa" Liga 1 turnir jadvalida 13-o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.