
“Chelsi”ning markaziy himoyachisi Uesli Fofana jamoadoshi Kol Palmerning mahorati haqida fikr bildirdi. 23 yoshli hujumkor yarim himoyachi saviyasi xususida gapirar ekan, fransuz futbolchi Fransiya terma jamoasida birga o'ynagan Kilian Mbappe va Usmon Dembele nomlarini esladi.
“Menimcha, Palmer ularning darajasiga yaqin. Juda ham yaqin.
Men terma jamoada Mbappe va Dembele bilan o'ynayman, shuning uchun ularning qanchalik kuchli ekanini bilaman. Xuddi ular kabi, Kol ham eng yuqori saviyadagi futbolchilar qatoriga kiradi”, deya Fofananing so'zlarini The Touchline nashri keltirdi.
Shanba kuni Kol Palmer Enso Mareska boshchiligidagi jamoaga “Everton”ni 2:0 hisobida mag'lub etishda yordam berdi va o'yinda gol muallifi bo'ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.